Lufthansa vakili Yens Kryugerning ma’lum qilishicha, GFR kansleri Angela Merkelning layneri G20 sammitiga parvozi chog‘ida majburiy qo‘nish amalga oshirishiga kompaniya javobgar emas. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Lufthansa doim barcha aviatsiya qoidalariga amal qilgan. U, shuningdek, bu majburiyat hujjatlar sohasiga ham tegishli ekanligini ta’kidladi.
Avvalroq OAVlarda Merkelning samolyoti G20 sammitiga parvoz amalga oshirayotganda yuz bergan favqulodda holatga Lufthansa javobgar ekanligi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)