Navoiy davlat pedagogika instituti qoshida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Muzeyda milliy ozodlik yo‘lidagi kurashda qurbon bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumotlar, hujjatlar, suratlar va buyumlar jamlangan.
Tashrif buyuruvchilar “O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi”, “1930—1937-yillar qatag‘oni”, “Paxta ishi”, “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi va qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi” singari zallarda o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda ma’lumotlar olishi mumkin.
Izoh (0)