Rossiyaning Vladikavkaz shahrida o‘z xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
24-dekabr kuni ertalab Prigorod tumanidagi sobiq parranda fabrikasi hududidan 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol kishining jasadi topilgan. U o‘z ajali bilan o‘lmaganiga ishora qiluvchi alomatlar aniqlangan.
Huquq-tartibot xodimlari issiq izida gumonlanuvchini qo‘lga olib, jinoyat ishi ochdi. Ularning fikricha, jinoyatga marhumaning eri — 54 yoshli o‘zbekistonlik aloqador. Qotillik rashk asosida amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)