• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekenergo” AJ: elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarga rasmiy izoh berdi

    “O‘zbekenergo” AJ: elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarga rasmiy izoh berdi, deb yozadi O‘zA. Rasmiy izohni to‘liq keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mamlakatimizning olis hududlari bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar uchrab turayotganligi sir emas. Bu haqda murojaat va e’tirozlarni turli ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot saytlari orqali o‘qib turibmiz.

    E’tibor beradigan bo‘lsak, bunday uzilishlar va avariyaviy o‘chishlar har yili kuz-qish mavsumiga o‘tish davrida takrorlanib turadi. Albatta, buning o‘ziga yarasha sabablari bor.

    Mamlakatimizdagi hozirgi vaqtda ish faoliyatida bo‘lgan energetika qurilmalari o‘tgan asrning o‘rtalarida ishga tushirilgan bo‘lib, ularning deyarli 67 foizi eskirgan. Qolaversa, mamlakatimizdagi mavjud elektrostansiyalar ham o‘tgan asrning 50—60-yillarida barpo etilgan bo‘lib, ularning aksariyatida quvvatlar allaqachon muddatini o‘tab bo‘lgan. Eng yangisi hisoblangan Taxiatosh IESning ham foydalanishga topshirilganiga 27 yildan oshdi. Qolaversa, aholi sonining ortib, hududlarda yangi uylarning ko‘payishi natijasida transformatordan 1,5-2 km. gacha uzunlikda elektr simlarining tortilayotgani tufayli oxirgi iste’molchilarimizga uzatilayotgan elektr energiyaning quvvati 220 voltga yetmayapti. Transformatorlar 600-800 metrgacha bo‘lgan hududdagi iste’molchilarga 220 voltni yetkaza oladi. Buning ustiga aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji ham yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan, 2017 yilda iste’molchilarga 47,4 milliard kVt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lsa, 2018 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 50,7 milliard kVt soatni tashkil etishi kutilmoqda.

    Qolaversa, aholi tomonidan bitta fazadan boshqa fazaga o‘zboshimchalik bilan ulanishi va yuklamalarning bitta fazadan ikkinchi fazaga o‘tkazilishi ayrim joylardagi, ayniqsa, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida elektr kuchlanishi pasayishiga, ya’ni me’yordagi 220 voltdan tushib ketishiga sabab bo‘lyapti. Ta’mirlash va yuklamalarni fazalararo teng taqsimlash ishlari olib borilishiga qaramasdan ma’lum vaqt o‘tgach aholi yana o‘zboshimchalik bilan bir fazadan boshqa fazaga o‘tib olishi, bundan tashqari, yakka tartibda qurilayotgan ko‘plab uylarning egalari tomonidan faqat bitta faza orqali ulanishi ham ortiqcha yuklamalarni yuzaga keltirib, qisqa muddatli uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.

    Shu bois hududiy elektr tarmoqlari tomonidan aholining murojaatlari bo‘yicha ushbu holatlarni bartaraf etish, ta’mirlash va yuklamalarni fazalararo teng taqsimlash orqali kuchlanishni me’yorga keltirish ishlari olib borilmoqda.

    Shu o‘rinda Prezidentimiz tomonidan 2018-yil 23-oktabrda imzolangan “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi bu boradagi muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Chunki ushbu hujjatga ko‘ra, elektr energiyasi sohasida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo‘yicha loyiha qiymati 2,6 milliard AQSh dollari bo‘lgan umumiy quvvati 1984 MVt 7 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilandi. Shuningdek, jalb qilinadigan kreditlar va “O‘zbekenergo” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan yiliga umumiy uzunligi 7,1 ming kilometr bo‘lgan yangi elektr tarmoqlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, 2500 ta transformator punktini o‘rnatish va modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.

    Bundan tashqari, “O‘zbekenergo” AJ tomonidan “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” davlat dasturlari asosida o‘z mablag‘lari va xorijiy investitsiyalar orqali butun mamlakatimiz bo‘ylab rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari ham jadal amalga oshirilmoqda.

    Umuman olganda, olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholining elektr energiyasi ta’minotidagi qisqa muddatli uzilishlarga barham berish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

    27.12.2018, 18:29   Izoh (0)   25901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

    27.12.2018, 18:17

    Zarafshonda balandligi 22 metrlik archa o‘rnatildi

    27.12.2018, 18:01

    Toshkentda o‘zbek milliy nonushtasi taqdim etildi (foto)

    27.12.2018, 17:47

    Toshkentning Yunusobod hamda Mirobod tumanlarida jiddiy YTHlar sodir bo‘ldi

    27.12.2018, 17:37

    Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi

    27.12.2018, 17:31

    O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanadi

    27.12.2018, 17:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.