26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turi boshlandi.
Turning ilk o‘yini “Frozinone” hamda “Milan” jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yin tomonlarning 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
Milanliklar A Seriyaning ketm-ket 4 ta o‘yinidan beri gol ura olmayapti. Bunday holat so‘nggi bor 1984-yil qayd etilgandi.
“Milan” A Seriyadagi so‘nggi 4 ta o‘yinda 3 ta durang o‘ynadi va 1 ta mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa ayni damda 28 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)