“Bavariya” Bundesliganing 17-turida “Ayntraxt F” ustidan safarda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu Niko Kovach shogirdlari uchun Bundesliga joriy mavsumidagi ketma-ket beshinchi g‘alaba bo‘ldi. Bu hozirda Kovach faoliyatidagi eng yaxshi natija bo‘lib turibdi. Kovach jamoalari bilan hozirgacha maksimum 4 ta o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozongandi, xolos.
Ma’lumot uchun, Kovach 2016—2018-yillarda aynan “Ayntraxt F”ga bosh murabbiylik qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)