France Football nashri 2018-yil yakunlariga ko‘ra, fransiyalik eng yaxshi o‘yinchi nomini ma’lum qildi.
PSJ hamda Fransiya terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi Kilian Mbappe 2018-yilda eng yaxshi fransiyalik o‘yinchi deb topildi. Mbappe hakamlar hay’ati tomonidan eng ko‘p ovozga loyiq deb topildi. Hakamlar qatorida oldingi yilllardagi laureatlar ham bo‘lgan.
Mbappe, shuningdek, nashr talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb ham topilgandi. Qayd etish joiz, u “Oltin to‘p” uchun kurashda 4-o‘rinni egalladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)