• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentlik shaxs ukasini qamoqdan chiqarishni va’da qilib, fuqaroning 50 ming dollar pulini olib qo‘ydi

    Hech qayerda ishlamaydigan, g‘irt bekorchi odam “katta tashkilot”larda tanishlari borligi, ular orqali istalgan masalaga yechim topa olishi haqida og‘iz ko‘pirtirib gapirsa, biroz mushohadali kishi darhol uning firib ishlatayotganini fahmlaydi. Ammo ba’zi kimsalar, odatda biror muammo qarshisidan chiqishsa, uni qonuniy tartibda emas, qing‘ir yo‘llar bilan hal qilishga urinishadi. Bundaylar esa nayrang ishlatishda shaytonga ta’lim beradigan firibgarlarning o‘ljasiga aylanadi-qoladi, deyiladi UZ24 xabarida.

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    Dilshod Erkinov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘rta ma’lumotli, ishsiz, buning ustiga muqaddam sudlangan. Ammo negadir uning huzuridan “madadtalab” kishilarning oyog‘i uzilmaydi. 2014-yilning sentabr oyi o‘rtalarida tanishi To‘xtamurod Davronov uni yo‘qlab qoldi. Sababi, To‘xtamurodga tanish bo‘lgan Mansur Ne’matovning jiyani Andijon viloyatidagi o‘rta-maxsus bilim yurtlarining birida bo‘lgan imtihonlardan o‘ta olmagan ekan. T.Davronov shu bolaga yordam qilib, uni qo‘shimcha o‘rin asosida o‘qishga kiritishda Dilshoddan ko‘mak so‘raydi.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi, nima sababdan hech qayerda ishlamaydigan odamga bunday iltimos bilan murojaat qilish mumkin? Javobi shuki D.Erkinov o‘zini “katta tashkilot”lardagi tanishlari orqali har qanday ishning uddasidan chiqadigan kimsa qilib namoyon qilganki, To‘xtamurod qora tortib uning oldiga keladi.

    Dilshod uning iltimosini eshitib, Milliy xavfsizlik xizmatida ishlaydigan tanishi orqali yordam berishini aytadi. 23-sentabr kuni To‘xtamurod jiyanini o‘qishga kiritish niyatida yurgan Mansurni ham boshlab keladi. Ular bilan uchrashgan Dilshod xizmat haqi sifatida M.Ne’matovdan 2 ming AQSh dollari oladi. Shu bilan jiyanini o‘qishga kirishiga ishongan Mansur qattiq yanglishgandi. Pul ham, qo‘shimcha o‘rin ham qulog‘ini ushlab ketadi. Dilshod “ko‘kat”larni osongina hazm qilib yuboradi.

    2014-yilning oktabr oylarida Bosh prokuratura tomonidan “Oqoltin don mahsulotlari” AJning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Fazliddin Dadajonov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinadi. Taqdirning charxpalagini qarangki, ukasini qamoqdan chiqarish uchun yelib-yugurayotgan Jaloliddin Dadajonov ham aynan Dilshodga ro‘para bo‘ladi. Ularning o‘zaro suhbatlari natijasida D.Erkinov Bosh prokuraturada ishlovchi mansabdor shaxslar orqali ehtiyot chorasini o‘zgartirish yoki yengillik berish masalasini ijobiy hal qilishni zimmasiga oladi. Bu ishda u o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, aldov to‘rini to‘qishda ustasi farang bo‘lib ketgan Arsen Xabirov (unga nisbatan alohida jinoyat ishi yuritilib, jazo muqarrarligi ta’minlangan) bilan «hamkorlik» qiladi.

    Muqaddam huquqni muhofaza qiluvchi organda ishlagan A.Xabirov F.Dadajonovning ishi bilan shug‘ullanayotgan tergovchini tanishini, u orqali qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirishga yordam berishni va’da qilgan bo‘lsa-da, aslida firibgarlik yo‘li bilan mo‘may daromadli bo‘lib qolishni o‘ylayotgandi. Dilshod va Arsen turli «sahna ko‘rinishlari» bilan Jaloliddinning ishonchiga kirib, ukasini qamoqdan chiqarish uchun 400 ming AQSh dollari so‘rashadi. J.Dadajonov ayni damda buncha puli yo‘qligini aytib, bo‘nak sifatida 50 ming dollar berib, qolganini ish bitganidan keyin hisob-kitob qilishini aytadi. Ular “savdolashib”, mana shu qaror talabida to‘xtalishadi.

    O‘sha yilning 24-oktabr kuni uchovlon Olmazor tumanida uchrashishadi. Jaloliddin aytilgan pulni firibgarlarning qo‘liga topshirib, ukasini ozodlikka chiqishiga umid bog‘laydi. Biroq uning umidlari sarob bo‘lib chiqadi. Qonunni chetlab o‘tib masalaga yechim topmoqchi bo‘lgan J.Dadajonov firibgarlarning to‘riga ilinib, aldanganidan keyin qonundan madad so‘rashga majbur bo‘ldi.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan sudlanuvchi Dilshod Erkinovning qilmishlari atroflicha muhokama qilinib, unga 6 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    24.12.2018, 20:21   Izoh (0)   19547
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida Qurolli Kuchlar faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    24.12.2018, 20:07

    Bosh prokuratura: “O‘zbekistondagi barcha tergov izolyatorlariga kameralar o‘rnatilgan”

    24.12.2018, 19:52

    Qoraqalpog‘istondagi bayramoldi yarmarkalarda mol va qo‘y go‘shti 28 ming so‘mdan sotilmoqda

    24.12.2018, 19:38

    Leykozga chalingan Fayzbek yaxshi insonlar ko‘magiga muhtoj

    24.12.2018, 19:24

    O‘zbekistonda har yillik Uzbekistan Tourism Industry Awards mukofoti tashkil etiladi

    24.12.2018, 18:39

    “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi

    24.12.2018, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.