“Taraqqiyot strategiyasi” markazidagi matbuot anjumanida O‘zbekistondagi tergov izolyatorlariga kameralar o‘rnatish bo‘yicha berilgan savolga Bosh prokuratura vakillari javob qaytardi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
“Respublikadagi barcha tergov izolyatorlariga videokameralar o‘rnatish davlat dasturiga kiritilgan. Bunga birinchi navbatdagi mas’ul tashkilot sifatida Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan. Dastur ijrosi bo‘yicha IIVdan ma’lumot olinganida barcha tergov izolyatorlarida kameralar o‘rnatilganini ma’lum qilingan. Shu ma’noda hozirda barcha tergov izolyatorlari kameralar bilan jihozlangan deyish mumkin”, deya ta’kidlagan Bosh prokuratura vakili.
Izoh (0)