Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida ham Yangi yil bayrami oldidan bozorda narx-navo barqarorligini, aholining bayram dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida savdo yarmarkalari tashkil qilingan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yarmarkalarda 29 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari sotuvga qo‘yilgan.
– Bayramoldi savdo yarmarkalarida mol va qo‘y go‘shti 28 ming so‘mdan, tovuq go‘shti 12 ming, tuxum 500 so‘mdan sotilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston dehqon bozorlari birlashmasi boshlig‘i Kamoliddin Avezmatov.
– Nukus shahrida 6 joyda yarmarka tashkil etilgan. Savdo yarmarkalari kelasi yil 5-yanvargacha davom etadi.
“Nukus dehqon bozori”da tashkil qilingan yarmarkada hududdagi baliq, go‘sht, poliz, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan 24 korxona va dehqon-fermer xo‘jaligi o‘z mahsulotlarini sotmoqda.
Aholiga bayram kayfiyati ulashish maqsadida yarmarkalarda maxsus konsert dasturlari ham tashkil etilmoqda.
Izoh (0)