“Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi, deb yozadi “Podrobno.uz” Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirovga tayanib.
“Biz qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritdik. U yerda u zarur jarayonlardan o‘tadi va parlamentga, so‘ng imzolash uchun prezidentga yo‘naltiriladi. Hujjat xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga, ularning faoliyati va ko‘p xonadonli uylarni boshqaruvchi tashkilotlar ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan”, — dedi Nazirov.
Izoh (0)