IShIDning Suriyadagi qolgan-qutganlari bilan mintaqadagi boshqa davlatlar, jumladan, Turkiya qayg‘urishi kerak. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Trampga ko‘ra, 7 yil avval AQSh Suriyada atigi 3 oy bo‘lishni rejalashtirgan, biroq shu bilan mazkur mamlakatda qolib ketgan.
“Prezident bo‘lganimda IShID avjiga chiqqandi. Hozirda IShID tor-mor etilgan va mahalliy davlatlar, jumladan, Turkiya, u yerda qolgan-qutgani haqida bamaylixotir qayg‘urishi mumkin. Biz esa uyga qaytamiz”, — deyiladi AQSh prezidenti qoldirgan yozuvda.
Izoh (0)