Ukrainalik jurnalist Yaroslava Koba davlat rahbari Pyotr Poroshenkoni mamlakatda harbiy holat amalda bo‘lgan bir paytda Kiyevdagi qimmatbaho restoranda ovqatlangani uchun uyaltirdi. Ukraina poytaxtidagi eng qimmatbaho muassasalardan birida olingan fotosurat va videotasvirlarni u o‘z Facebook’iga joyladi.
“Hech bo‘lmasa, harbiy holat paytida uyalishsa bo‘lardi”, — deb izohladi Koba postini. Poroshenko restoranga rafiqasi Marina bilan bir nechta soqchilar hamrohligida kelgan.
Jurnalist Ukraina yetakchisi mahalliy aholi bilan suratga tushish va o‘zini “xalq prezidenti” sifatida ko‘rsatish uchun bir necha soatdan keyin supermarketga borishini taxmin qilgan.
Izoh (0)