Britaniyaning Rojdestvo chartida bloger LadBaby’ning taqlid qo‘shig‘i topga kirib, Ava Maksning Sweeet But Psycho” va Ariana Grandening “Thank Y”, “Next” xitlarini ortda qoldirdi. Bu haqda “Korrespondent” xabar berdi.
Tarona Starship rok-xit guruhining 1985-yilda chiqqan “We Built This City” taronasiga taqlid sanaladi.
Remeykda xamirdagi sosikska sotuvidan barpo etilgan shahar haqida kuylanadi. Bir haftada ushbu tarona onlayn tarzda 45 ming marta sotib olingan.
Bu esa Ava Maksning “Sweet But Psycho” taronasidan 4 ming marta hamda Ariana Grandening “Thank Y”, “Next” taronasidan 8 ming marta ko‘p.
Bloger sotuvdan tushgan pullarni xayriyaga yo‘naltirmoqchi.
Izoh (0)