AQSh prezidenti Donald Tramp IShIDga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakili Brett Makgurk iste’fo berganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
“Brett Makgurk prezident Obama tomonidan 2015-yilda tayinlangandi. U asli fevral oyida lavozimini tark etishi kerak edi, ertaroq iste’fo berdi. O‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Aldamchi OAVlar esa yo‘q narsadan yangilik to‘qigan!” — deya yozuv qoldirgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Oldinroq Associated Press (AP) agentligi Makgurk Trampning Suriyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish qaroriga norozilik sifatida iste’fo berganini bildirgandi. U IShID uzil-kesil tor-mor etilgani haqidagi fikrga qo‘shilmasligi, Suriyadan qo‘shinlar chiqarilishiga asos yo‘qligini ta’qidlagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)