Somali poytaxti Mogadishoda 16 kishi prezident saroyi oldida ro‘y bergan portlash qurboni bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Politsiya kapitani Muhammad Husaynga ko‘ra, hujum uyushtirganlarning mo‘ljali saroyning orqa tomonidagi o‘tish punkti bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida Mogadisho merining o‘rinbosari ham bor.
Poytaxtdagi portlash uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)