Indoneziyaning Zond bo‘g‘ozi qirg‘oqlariga 23-dekabr, yakshanba kuni yopirilgan sunami oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi, 584 kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qutqaruvchilarga ko‘ra, yana 2 kishi bedarak yo‘qolgan. Qurbonlar soni yana ortishi mumkinligi istisno qilinmadi.
Sunami tufayli ko‘plab uylar, bir necha mehmonxona vayron bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)