Yunusobod tumanida yashovchi N.M. Olmazor tumanida yashovchi X.B.ga o‘zini birja xodimi sifatida tanishtirgan (IIV axborotida N.M. aslida nima ish bilan shug‘ullanganiga aniqlik kiritilmagan).
U Afrosiyob ko‘chasida joylashgan Comfort Elit noturar joy binosini birja orqali olib berishni va’da qilib, 2017-yil 10-oktabridan 2018-yil 27-iyunigacha bo‘lgan muddat oralig‘ida X.B.dan 167,2 ming dollar miqdorida pul olgan.
Lekin va’dasini bajarmay, pulni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Jabrlanuvchi 21-dekabr kuni Mirobod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgach, N.M. qo‘lga olingan. “Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)