Termiz shahrida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
335 o‘ringa mo‘ljallangan tibbiyot markazi yangi binosini qurish va qo‘shimcha rekonstruksiya ishlari uchun davlat budjetidan 17,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
Markaz urologiya, qizlar salomatligi, gastroentrologiya va nefrologiya bo‘limlarining samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur jihoz va zamonaviy tibbiy apparatlar jihozlandi.
Izoh (0)