Tailandlik YouTube blogeri “Koinot go‘zali 2018” unvoni egasining ko‘ylagini tanqid qildi va Tailand qonunini buzdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Taniqli boshlovchi Vanchaleom Jamneanpol Facebook‘dagi jonli efirda “Koinot go‘zali 2018” g‘olibining ko‘ylagini xunuk deb atagan. Ko‘ylakning muallifi Tailand malikasi Sirivinnavari Nariratana bo‘lgan. Bloger qiz mamlakatning hokimiyatga nisbatan yomon gaplar ishlatishni taqiqlovchi qonunini buzganlikda ayblangan.
Ayblovlardan so‘ng bloger o‘z postini o‘chirib tashlagan va navbatdagi videomurojaatda uzr so‘ragan hamda hokimiyatni haqorat qilishni istamaganini tan olgan.
Ayni paytda Tailand politsiyasi surishtiruv olib bormoqda.
Izoh (0)