18-dekabr oqshomida futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 16-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Jennaro Gattuzo boshchiligidagi “Milan” klubi “Bolonya” maydoniga safar qilib, 0:0 hisobida during qayd etdi. Uchrashuvni milanliklar 76-daqiqada Temue Bakayoko maydondan chetlatilgani sabab bir kishi kam bo‘lib yakunladi.
Qayd etish joiz, “Milan” o‘tgan turda “Torino” bilan ham 0:0 hisobida during o‘ynagandi.
A Seriya
16-tur bellashuvi
18-dekabr, seshanba
“Bolonya”—“Milan” 0:0
“Bolonya”: Skorupski, Kalabrezi, Larangeyra, Xelander, Mattyello, Poli (Orsolini, 82), Nad, Svanberg (Jemaili, 61), Mbaye, Santander (Destro, 90), Palasio.
“Milan”: Donnarumma, Kalabriya, Sapata, Romanoli, Rodriges, Suso (Laksalt, 85), Kessie, Bakayoko, Chalxano‘g‘lu (Mauri, 78), Iguain, Kutrone (Kastilyexo, 61).
Ogohlantirishlar: Kalabriya (40), Santander (42), Bakayoko (73), Kessie (83), Xelander (84), Romanoli (90).
Chetlatish: Bakayoko (76).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)