“Fulhem” klubi hujumchisi Aleksandr Mitrovich Serbiyada 2018-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Serbiya futbol assotsiatsiyaning rasmiy saytida xabar berildi.
24 yoshli serbiyalik futbolchi London klubining 2018-yilda APLga qaytishiga yordam berdi. Mitrovich milliy terma jamoa safida 6 ta gol urib, Millatlar Ligasi musobaqasida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.
Joriy mavsumda futbolchi 17 ta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 7 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)