Irlandiyalik aralash yakkakurash bo‘yicha (MMA) sobiq jahon chempioni Konor Makgregorning do‘sti va murabbiyi Dillon Denis rossiyalik yengil vazn toifasidagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan dahanaki “jangga” kirishdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
El Yakvintaning UFC yo‘nalishida Fox 31 musobaqasidagi g‘alabasida so‘ng, Nurmagomedov Twitter’da Kevin Liga murojaat qildi. Va Denis nima deyishidan qat’i nazar Kevinni kamtar bo‘lib qolishga chaqirdi.
“Kamtar bo‘l. Kamtarlik — muvaffaqiyatga erishishning kaliti”, — deydi Habib Kevinga qarata.
“Og‘zingni yop, sening fikring meni qiziqtirmaydi”, — deya javob qaytaradi Dillon Denis. Keyinchalik bahsga Habibning murabbiyi Ali Abdulaziz qo‘shilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)