• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parkent ko‘chasining qog‘ozlarda “ochiq”, amalda yopiqligi sabab mahalla yo‘llari abgor holga kelmoqda

    Toshkentdagi Parkent ko‘chasining ikki yoqasi katta qurilish maydoniga aylangan: biri biridan turfa ko‘p qavatli uylar, butun boshli mavzelar qad rostlamoqda. Sanab sanog‘iga yetolmaysiz. Ko‘chaning sobiq TAPOiCh zavodi (“Korzinka Aviator”) nomi bilan tanilgan chorrahaga tutash qismida esa O‘zbekistonda muqobili yo‘q obyekt — uch qavatli yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda. Juda kerakli qurilish. Avvalo, shu chorrahada Parkent, Mahtumquli, Temur Malik ko‘chalari, Ohangaron yo‘lidan keluvchi transport oqimlaridan hosil bo‘lgan asabbuzar tirbandliklar endi, katta ehtimol bilan, tarixda qoladi. Tirbandlik bo‘lmagach haydovchi-yu yo‘lovchi ham manziliga tezroq yetib oladi.

    O‘zbekiston tarixidagi ilk uch qavatli ko‘prik loyihasi.

    O‘zbekiston tarixidagi ilk uch qavatli ko‘prik loyihasi.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ammo har qanday katta bunyodkorlik ishlarida bo‘lgani singari, uch qavatli ko‘prik qurilishi ham atrofdagi mahalla-mavzelar aholisiga ko‘p bo‘lmasa-da, biroz noqulaylik keltirib chiqarishi oldindan ayon edi. Ma’lum fursat (aytishlaricha, 2019-yilning avgustiga qadar) o‘zingiz o‘rganib qolgan yo‘llardan yura olmaysiz, katta yo‘llarga chiqib olish uchun aylanma yo‘llardan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi, boz ustiga, siz istiqomat qiladigan mahalla yo‘llaridan boshqa haydovchilar ham foydalanishlari mumkin. Umuman olganda bularning bariga chidasa bo‘ladi. Agar chegaradan chiqib ketilmasa, ma’lum bir me’yor saqlansa. Hatto ko‘piga ham chidash mumkin. Lekin ahvol mol-mulkingdan ortib, salomatliging va hayotingga ham tahdid solishni boshlasa — har qanday bag‘rikengning ham sabr kosasi to‘ladi.

    Chorraha o‘rnida uch qavatli ostin-ustun yo‘l qurilishi boshlanib, transport harakati cheklanishi aniq bo‘lgach, “Ko‘prikqurilish” tresti boshqaruvchisi Zafar Mahamatov qurilish maydonini aylanib o‘tish imkonini beruvchi vaqtinchalik yo‘llar qurilishini ma’lum qilgandi (chorrahada harakat qurilish ishlari davomida to‘xtatilmasligini Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ta’kidlagan edi). Haqiqatan ham Mahtumquli ko‘chasidan Ohangaron yo‘liga, Ohangaron yo‘lidan Temur Malik ko‘chasi (Toshkent avtomobil halqa yo‘li)ga olib chiqadigan vaqtinchalik yo‘llar bor va ulardan transport qatnayapti. Lekin Parkent ko‘chasini Mahtumquli bog‘laydigan yo‘l yopiq — muammoning boshi ham shu.

    Iyul oyida e’lon qilingan sxemaga muvofiq, Parkent ko‘chasi «Korzinka Aviator» oldidan o‘tadigan tor yo‘l orqali Mahtumquli ko‘chasi bilan tutashishi kerak edi.

    Iyul oyida e’lon qilingan sxemaga muvofiq, Parkent ko‘chasi «Korzinka Aviator» oldidan o‘tadigan tor yo‘l orqali Mahtumquli ko‘chasi bilan tutashishi kerak edi.
    Foto: “Gazeta.uz”

    Parkent ko‘chasi yopilib qolganidan so‘ng katta transport oqimining birinchi zarbasini Mirzo Ulug‘bek tumani “Oltintepa” mahallasidagi Arxeologiya ko‘chasi o‘ziga qabul qilgan. Ehtimol, ko‘chadan faqat yengil mashinalar o‘tganida, ahvol bu qadar jiddiylashmasdi. Undan nafaqat yengil avtomobillar, balki katta yuk mashinalar (“HOWO’lar ham o‘tdi rosa”), avtobuslar, yo‘lovchiga to‘la mikroavtobuslar ham o‘tgan. Shahar ichidagi katta yo‘llar bunday oqim, bunday yuklamani ko‘tara olar, lekin mahallalardagi bir kuchliroq yog‘in-sochindan so‘ng “sochilib ketadigan” yo‘llar ahvoli barchamizga ma’lum: arzimagan bir-ikki metr ostida suv quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari o‘tgan. Tinimsiz transport qatnovi oqibatida Arxeologiya ko‘chasi ham cho‘kkan. Cho‘kish oqibatida quvurlar yorilgan, yorilgan quvurlardan sizib chiqqan suv esa uylarning poydevorlarini “yuvgan”.

    Fuqaro Botir Mirqosimovning xonadonidagi yorilib ketgan devor.

    Fuqaro Botir Mirqosimovning xonadonidagi yorilib ketgan devor.
    Foto: “Daryo”

    Masalan, fuqaro Botir Mirqosimovning xonadoni aynan yer cho‘kishidan keyingi quvur yorilishidan jabr ko‘rgan. Suv poydevorni yuvgan, oqibatda devorda yoriqlar paydo bo‘lgan. Agar uylarning yaroqlilik holatini tekshiruvchi hukumat komissiyasi tashkil etilib, Mirqosimovning xonadoniga kirgudek bo‘lsa, albatta, devorlarida yorig‘i bor bu inshootni yashashga yaroqsiz, avariya holatida deb topishi aniq. Uning aytishicha, uyi oldida yer ostidagi quvur yorilib, bir hafta—o‘n kun suv oqib yotgan. U Prezident virtual qabulxonasi, hokimlikka bir necha bor murojaat qilganidan keyingina suv tarmoqlari korxonasi vakillari kelib, yo‘lni kavlab, quvurni tuzatgan. Yo‘l yamalgan.

    Tuproq bilan yamalgan yo‘l.

    Tuproq bilan yamalgan yo‘l.
    Foto: “Daryo”

    Arxeologiya ko‘chasi bo‘ylab yursangiz, xuddi shunday sabab bilan kavlanib, yamalgan yo‘l bo‘laklarini ko‘plab uchratasiz. Ba’zi joylarda yamoq uchun tuproqning o‘zi ishlatilgan, xolos (shuncha chang-to‘zon qayerdan ko‘tarilyapti, deb hayron qolishga hojat yo‘q). Ko‘cha ilma-teshik bo‘lib ketgan. Ko‘chaning shu avariyaviy holati yanada ayanchliroq ko‘rinish olmasligi uchun, shikoyatlar yo‘llashdan charchagan aholi ko‘chaning u boshiga ham, bu boshiga ham yuk mashinalari va avtobuslarning kirishiga imkon bermaydigan temir arkalar o‘rnatgan. Fuqaro O.Dubrovskayaning son-sanoqsiz murojaatlaridan keyin esa shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) ruxsati bilan Arxeologiya ko‘chasining Issiqsuv ko‘chasiga olib chiquvchi qismiga kuni kecha beton to‘siq qo‘yilgan.

    Fuqaro O.Dubrovskayaning murojaatlaridan so‘ng Arxeologiya—Childituron ko‘chalari kesishmasidagi beton to‘siq.

    Fuqaro O.Dubrovskayaning murojaatlaridan so‘ng Arxeologiya—Childituron ko‘chalari kesishmasidagi beton to‘siq.
    Foto: “Daryo”

    Arxeologiya ko‘chasiga qo‘yilgan beton to‘siqning og‘irligi unga parallel Lomonosov ko‘chasida 24 soatga qolmay sezilgan. Arxeologiya ko‘chasidan-da torroq Lomonosov ko‘chasining ahvoli hozircha nisbatan yaxshi (ko‘chada istiqomat qiluvchilarning aytishicha, u necha yillardan beri ta’mirlanmagan, fuqarolarning o‘zaro pul jamg‘arib, 2017-yili uning bir qismiga yangitdan asfalt yotqizilgan), lekin ayrim joylari allaqachon cho‘kishni boshlagan (mahallaning cho‘kkan yo‘li ostidagi ezilgan, “ho‘rlangan” quvurlar yaqin-atrofdai xonadonlarga qanday zarar yetkazishi mumkinligini Arxeologiya ko‘chasida ko‘rdingiz). Ko‘cha boshida esa yer o‘pirilib tushgan (o‘pirilgan joyni shag‘al bilan to‘ldirib qo‘yishgan), uning oldidagi uy devori esa darz ketgan (yana bitta avariya holatida uy, deb hisobga olish mumkin).

    Lomonosov ko‘chasining boshidagi bir qismi o‘pirilgan yer.

    Lomonosov ko‘chasining boshidagi bir qismi o‘pirilgan yer.
    Foto: “Daryo”

    “Mashinalar ko‘tarayotgan chang-to‘zon uylarga kiryapti. Shuning dastidan besh oylik nevaramning ko‘zida kon’yunktivit paydo bo‘ldi”, — deydi Lomonosov ko‘chasida o‘g‘li istiqomat qiluvchi fuqaro. Aytishicha, ko‘chadagi ahvol yuzasidan avval hokimlik ishonch telefoniga, so‘ng IIBBga shikoyat qilgan, ularning har ikkisi Prezident virtual qabulxonasiga murojaat etishni tavsiya qilgan. Prezident virtual qabulxonasi esa aksincha — bu ishlar bilan aynan hokimlik va IIBB shug‘ullanishini tushuntirib, fuqaroning murojaatini qabul qilmaslikka uringan (lekin oxiri baribir murojaatni ro‘yxatga olgan).

    Lomonosov ko‘chasi boshidagi suv quvurlari yorilishi oqibatida nafaqat yo‘l o‘pirilgan, balki xonadon devori darz ketgan.

    Lomonosov ko‘chasi boshidagi suv quvurlari yorilishi oqibatida nafaqat yo‘l o‘pirilgan, balki xonadon devori darz ketgan.
    Foto: “Daryo”

    Lomonosov ko‘chasida istiqomat qiluvchi yana bir fuqaroning aytishicha, sobiq TAPOiCh chorrahasida ko‘prik qurilishi boshlanganidan so‘ng mashinalar oqimi, darhaqiqat, ko‘paygan, biroq Arxeologiya ko‘chasining ikki tomoniga yuk mashinalarini o‘tkazmaydigan temir arkalar, bir tomoniga beton to‘siq qo‘yilgach, Lomonosovdagi ahvol chidab bo‘lmas darajaga yetgan — ayniqsa tonggi va kechki tig‘iz vaqtlarda oqimning kattaligidan xonadon egalari hatto mashinasini yo‘lga haydab olib chiqa olmay qolgan. Ko‘chaning torligi uning faqat bir jihati — u xuddi Arxeologiya ko‘chasi kabi qiyaliklarga to‘la. Bu hozirgidek salqin, lekin quruq kunlarda muammo tug‘dirmas (vaholanki, shu holda ham bir necha mayda yo‘l-transport hodisalari yuz bergan), lekin erta-indinga va’da qilinayotgan qor va qahratonlardan so‘ng yaxmalakka aylangach, oqibatini tasavvur qilishga ham qo‘rqasan kishi.

    Lomonosov tor ko‘chasidagi yengil va yuk mashinalaridan iborat tirbandlik.

    Lomonosov tor ko‘chasidagi yengil va yuk mashinalaridan iborat tirbandlik.
    Foto: “Daryo”

    “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O‘tkir Boltaboyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, “bu muammodan hamma xabardor”. Mahalla ma’muriyatida hududdagi yo‘llarni ochish yo yopish vakolati yo‘q, “yo‘l davlatniki”. Yo‘llarni ta’mirlash uchun ham mahalla fuqarolar yig‘ini ixtiyorida pul yo‘q. “Bu holat yuzasidan fuqarolarning o‘zi mustaqil ravishda, o‘z navbatida biz ham yuqori tashkilotlarga murojaat qilganmiz. Agar Parkent ko‘chasi yopilmaganida edi, mahallamizda bunaqangi holat ham yuzaga kelmagan bo‘lardi”, — deya ta’kidlagan mahalla raisi e’tiborga molik bir hujjatni taqdim etdi.

    Bu fuqaro O.Dubrovskayaning arizasi asosida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili podpolkovnik G‘.Eshonov, “Toshshahartransxizmat” bo‘lim bosh mutaxassis N.Xodjayev, IIBB YHXB mas’ul xodimi A.Filippov va Obodonlantirish bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Sh.Valiyev tomonidan 4-dekabr kuni Arxeologiya ko‘chasida olib borilgan o‘rganish dalolatnomasidir. Unda, jumladan, shunday deyiladi: “Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, soibq TAPOiChdan o‘tuvchi Parkent shoh ko‘chasidai qurilish ishlari olib borilayotgan yo‘l ochiq hisoblanadi, lekin ko‘prik qurayotgan tashkilot tomonidan yo‘lning ochiq qismi yopib qo‘yilgan”.

    Lomonosov ko‘chasidan Qorasuv kanali bo‘yidagi Qarnoq ko‘chasiga chiqiladi — uning ahvoliga ham havas qilib bo‘lmaydi.

    Lomonosov ko‘chasidan Qorasuv kanali bo‘yidagi Qarnoq ko‘chasiga chiqiladi — uning ahvoliga ham havas qilib bo‘lmaydi.
    Foto: “Daryo”

    Lomonosov ko‘chasida yashovchilar boshlariga tushgan muammoni Arxeologiya ko‘chasidagidek hal qilishmoqchi: ko‘chaning kirish-chiqish joylariga temir arkalar o‘rnatib, kerak bo‘lsa, bir tomonini transport harakati uchun to‘liq yopishga ham tayyor — shu niyatda hozirda Prezident qabulxonasi, shahar hokimligi, shahar IIBB YHXBga xatlar tayyorlanmoqda. Ko‘chada harakat sokinlashsa, tirbandliklar bo‘lmasa, chang-to‘zon ko‘tarilmasa, yo‘l cho‘kmasa, quvurlar yorilmasa, devorlarda yoriqlar paydo bo‘lmasa, lomonosovliklar avvalgidek ko‘chaga bexavotir chiqa oladigan bo‘lsa bo‘ldi. Ular haq. Chunki “Oltintepa” mahallasidagi ko‘chalar sobiq TAPOiCh chorrahasini aylanib o‘tishga mo‘ljallanmagan.

    Parkent ko‘chasining qog‘ozlarda ochiq, amalda yopiq qismi.

    Parkent ko‘chasining qog‘ozlarda ochiq, amalda yopiq qismi.
    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, mas’ul tashkilotlar, mutasaddilar qog‘ozlarda ochiq, lekin amalda yopiq Parkent ko‘chasining Mahtumquli ko‘chasiga tutashgan qismini ochish haqida o‘ylab ko‘rishlari, yoki bu yo‘l hozircha ochilmasligini , chorrahani mahallalar orqali emas, balki Mahtumquli ko‘chasi, Do‘rmon yo‘li kabi katta yo‘llar orqali aylanib o‘tish kerakligi haqida ochiq bayonot berishlari kerak. Har holda, O‘zbekiston tarixidagi qiyosi yo‘q bir yo‘l obyektining qurilishi qo‘shni mahallalardagi yo‘llarning abgor holga kelishiga sababchi bo‘lmasligi kerak.

    18.12.2018, 08:04   Izoh (0)   45378
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi “Bek to‘pi” bozorida o‘t o‘chiruvchilar amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi

    17.12.2018, 22:37

    O‘zbekistonda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

    17.12.2018, 22:32

    FVV “Qamchiq” dovonida ob-havo keskin yomonlashishi haqida ogohlantirdi

    17.12.2018, 22:30

    Andijonda uy olib beraman deb, keksa ayolni 70 mln so‘mga chuv tushirgan fuqaro qo‘lga tushdi

    17.12.2018, 22:17

    Foto: Andijonda salqin ichimliklardan 9 metrli archa bunyod etildi

    17.12.2018, 22:06

    Toshkent viloyatida 8 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi

    17.12.2018, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.