18—19-dekabr kunlari “Qamchiq” dovonining A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida aytiladi.
Tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50—100 m ni tashkil qiladi. Shamol tezligi 20—25 m/s gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi.
17—18-dekabr kunlari havo harorati keskin pasayadi, kechasi 5—8 daraja, kunduzi 0—3 darajagacha sovuqni tashkil etadi.
“Ob-havoning keskin pasayishi va yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilishini inobatga olib, yo‘lda ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)