Hindistondagi ibodatxonada diniy marosim davomida ovqat tanovul qilgan 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ulardan ikki nafari bola edi, deya xabar bermoqda Reuters.
Shuningdek, yana 90 kishi kuchli zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.
Ularning barchasi Karnataka provinsiyasidagi ibodatxonaga kelganlarga tarqatilgan pomidorli guruch yegani bildirilmoqda.
Hodisani tekshirayotgan politsiyaga ko‘ra, ibodatxona yaqinida taomdan tatib ko‘rgan it va qarg‘alarning ham o‘ligi topilgan. So‘roq uchun hozircha 2 kishi ushlandi.
Izoh (0)