Ukrainaning Jitomir viloyatida Su-27 qiruvchi samolyoti qo‘nish vaqtida halokatga uchradi, deya xabar bermoqda Meduza.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi axborotiga ko‘ra, hodisa oqibatida samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.
Aviahalokat rejalashtirilgan parvoz vaqtida yuz bergan.
Bu Ukrainada so‘nggi vaqtlarda yuz bergan Su-27 samolyotlari bilan bog‘liq ikkinchi falokat. Oktabr oyida Vinnitsa viloyatida shunday samolyot qulagan, oqibatda ikki kishi, xususan, AQSh Milliy gvardiyasi vakili halok bo‘lgandi.
Izoh (0)