Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Quddus shahrini Isroil poytaxti sifatida rasman tan olinganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti” .
“Avstraliya G‘arbiy Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan oladi”, — deydi Morrison Sidney institutida so‘zlagan nutqida.
Uning nutqi SBS telekanali orqali translyatsiya qilingan.
Shu bilan birga, Morrisonning aytishicha, Avstraliya hukumati Quddus shahrida savdo va mudofaa vakolatxonalarini ochishni rejalashtirmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘z elchixonasini Quddus shahriga ko‘chirmagan, biroq elchixona ochish uchun munosib joy izlash ishlari boshlangan.
Avstraliya shu tarzda Quddus shahrini Isroil poytaxti sifatida tan olgan AQSh, Gvatelama, Chexiya, Braziliya va Gonduras kabi mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi.
Izoh (0)