• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shuhrat G‘aniyev viloyatdagi muammolar yechimiga kompleks yondashmayotgan vazirlik va idoralarni sanab o‘tdi

    O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisining ikkinchi ish kunida senatorlar Farg‘ona viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini tingladi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Hokim o‘z nutqida Farg‘ona viloyatida hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ko‘plab muammo va kamchiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi.

    “Ayrim vazirlik va markaziy idoralarning viloyatdagi mavjud muammolar yechimiga kompleks yondashmayotgani, ularni hal etish bo‘yicha mahalliy hokimliklarning tashabbuslari, takliflari, aholining xohish-istaklari yetarli darajada inobatga olinmayotgani oqibatida qator masalalar dolzarbligicha qolmoqda”, — deydi Farg‘ona viloyati hokimi.

    Farg‘onada ko‘mir konlarini izlab topish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha Hukumat darajasida belgilangan topshiriqlar ijrosiga Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan e’tibor berilmagani oqibatida mazkur vazifani ro‘yobga chiqarishda viloyat tashkilotlari jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosiga ham ayrim vazirlik va idoralar tomonidan jiddiy e’tibor qaratilmagan.

    Xususan, joriy yil 12—13-iyun kunlaridagi tashrif davomida Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi zimmasiga Farg‘ona tumanidagi Oqbilol massividagi 3450 gektar ekin yerlarining suv ta’minotini yaxshilash maqsadida qurilishi tugallanmay qolgan “Fayzobod-2” nasos stansiyasi qurilishini yakunlash masalasini bir oy muddatda o‘rganib chiqish, tegishli xulosalarni Vazirlar Mahakamasiga kiritish vazifasi belgilangan.

    Biroq shu kunga qadar mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati qabul qilinmagan.

    “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan viloyat iste’molchilari, xususan, ijtimoiy obyektlar, aholi va tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha samarali choralar o‘z vaqtida yetarli darajada ko‘rilmagan.

    Bevosita o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, viloyat iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr tarmog‘ining 3,7 ming km qismi yoki 15 foizi foydalanish uchun qisman yaroqsiz holatga kelgan, 8,5 ming km dan yoki 35 foizdan ko‘prog‘i eskirgan.

    Viloyatdagi elektr energiyasi uzatishga mo‘ljallangan simyog‘ochlarning aksariyati, transformator punktlarining 2980 tasi yoki 36 foizi yaroqsiz holga kelib qolgan yoxud eskirgan.

    Oqibatda elektr energiyasidagi muntazam uzilishlar aholi va tadbirkorlik subyektlarining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Elektr energiyasi ba’zi mahallalarga bir soat yetkazilsa, ikki soat to‘xtatilmoqda.

    “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan zarur choralar o‘z vaqtida ko‘rilmagani oqibatida viloyat aholisini hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni gaz bilan ta’minlash borasidagi ko‘plab muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.

    Viloyatdagi iste’molchilarning 35 foizi tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan.

    Bundan tashqari, har bir xonadonga oyiga 20 kg o‘rniga bor-yo‘g‘i 9,4 kg suyultirilgan gaz ajratilmoqda.

    Viloyatga ajratilgan suyultirilgan gazni to‘liq tashib kelish uchun qo‘shimcha ravishda 40 ta vagon-sisternaga ehtiyoj mavjud.

    Viloyat aholisi va tadbirkorlik subyektlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ayrim muammolar ham dolzarbligicha qolmoqda.

    Moliya vazirligi hamda boshqa mas’ul tuzilmalar tomonidan aholi va ijtimoiy muassasalarni ichimlik suvi bilan mavjud ehtiyojni inobatga olgan holda zarur hajmda ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yetarli emas.

    Bugungi kunda viloyatda mavjud bo‘lgan 6216 km ichimlik suvi tarmoqlaridan 2732 km qismi yoki 43 foizi ta’mirtalab holatga tushib qolgan.

    Viloyatdagi 2604 dona suv inshootlaridan 548 tasi yoki 21 foizi ularga belgilangan muddatlarda texnik xizmat ko‘rsatilmaganligi va boshqa sabablarga ko‘ra foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan.

    Buning oqibatida minglab aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmasdan qolmoqda.

    Viloyatda yashovchi 3 million 600 ming nafar aholining 756 ming nafari yoki 21 foizi ichimlik suvini tashib kelib ichishga majbur bo‘lmoqda.

    Viloyatda bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish holati qoniqarli emas.

    Viloyat hududidagi 3-7 yoshdagi 270,0 mingga yaqin boladan 116,0 mingga yaqini yoki 43,0 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olingan. 775 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasining 167 tasi yoki 22 foizi markazlashgan ichimlik suvi tizimiga ulanmagan.

    Bugungi kunda viloyatdagi umumta’lim maktablarining 120 tasi yoki 23 foizi rekonstruksiya va kapital ta’mirga muhtoj. Mazkur muassasalarning 323 tasi yoki 61,2 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan, 497 tasi yoki 94 foizi markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlanmagan.

    Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yetarli e’tibor va tashabbus ko‘rsatilmayotgani oqibatida umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq kamchiliklar uzoq yillardan buyon saqlanib qolmoqda.

    Xususan, maktablarda 1144 ta parta yetishmaydi, 96 ta fizika, 146 ta kimyo, 146 ta biologiya o‘quv-laboratoriya xonalari umuman jihozlanmagan, o‘quvchilar bilimini baholash natijalari qayd etiladigan sinf jurnallari shu kunga qadar ta’lim muassasalariga yetkazib berilmagan.

    Viloyatdagi umumta’lim maktablarida 46 nafar o‘qituvchi yetishmaydi,2368 dan ziyod pedagog esa o‘rta-maxsus ma’lumotga ega, xolos.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarining samarali faoliyat olib borishi uchun, xususan, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar yetarli darajada ko‘rilmagan.

    Viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi 315 ta muassasaning 212 tasi mukammal ta’mirga muhtoj.

    Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi bo‘limlarining aksariyati moslashtirilgan binolarda joylashgan.

    Tibbiyot muassasalarining 164 tasi yoki 69 foizi ichimlik suvi va gaz bilan uzluksiz ta’minlanmagan.

    Viloyatdagi tibbiyot muassasalarida esa 243 nafar shifokor va boshqa mutaxassislar yetishmaydi.

    Tizimdagi davolash-profilaktika muassasalarida hayot uchun eng muhim va kerakli bo‘lgan 23 turdagi 97 dona 912,5 milliard so‘mlik tibbiy asbob-uskunalarga ehtiyoj mavjud.

    Viloyat hokimligi va mahalliy tadbirkorlarning sa’y-harakati bilan xususiy tibbiy xizmat rivojlantirilmoqda. Biroq,Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmasi asosida davlat tibbiyot muassasalaridagi o‘rinlar (“koykalar”) soni asossiz ravishda qisqartirilmoqda.

    14.12.2018, 11:52   Izoh (0)   50629
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda yana kuchli gumburlash ovozi eshitildi

    14.12.2018, 11:45

    Oliy Majlis Senatining XVII yalpi majlisining ikkinchi kunida 10 ta masala ko‘rib chiqiladi

    14.12.2018, 11:29

    Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida 18 ming oila saqlab qolindi

    14.12.2018, 10:57

    Navoiy kon-metallurgiya kombinatining sobiq bosh direktori Nikolay Kucherskiy vafot etdi

    14.12.2018, 10:16

    Chimyonda harbiy xizmatchilar ekstremal sharoitlarda yashovchanlik mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda (foto)

    14.12.2018, 09:54

    Navoiyda “Qizilqumsement”ning 116 nafar xodimi ovqatdan zaharlanish bo‘yicha nazoratga olindi

    14.12.2018, 09:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.