Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida yashovchi erkak shahar meriyasi yonida o‘rnatilgan to‘rt metrli Rojdestvo archasidan yiqilib ketdi va halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, taxminan 50 yoshda bo‘lgan erkakni tungi klubdan tungi soat 02:00 da chiqqan kishilar topgan.
Tungi klub direktorining so‘zlariga ko‘ra, erkak to‘rt metrli archaning tepasiga chiqqan va u yerdan maysazorga yiqilgan. Jabrlangan erkak keyinroq kasalxonada vafot etgan.
Politsiya erkakning o‘limi shubhali emasligini ta’kidlagan, hodisa holatlariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)