Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha onlayn platformani ishga tushirdi. Bu haqda agentlik Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Tizim yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan sana, boshqaruvchi, muassislar va ularning ustav jamg‘armasidagi ulushiga tegishli mavjud ma’lumotlargacha avtomat tarzda taqdim etadi.
Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘g‘risidagi ikkita portal orqali onlayn ma’lumot olish mumkin: fo.birdarcha.uz, my.gov.uz. Buning uchun tegishli tadbirkorlik subyektining STIR-raqamini kiritish talab etiladi.
Ushbu xizmatning asosiy vazifalaridan biri — fuqarolarga hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda firibgarliklarga duch kelmaslikda yordamlashishdan iborat. Platforma Britaniyaning Companies house UK tizimiga o‘xshash, ammo mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan.
Izoh (0)