“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 10—14 yosh toifasi bo‘yicha respublika bosqichi g‘olibi aniqlandi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.
Tanlovda 14 nafar yigit-qizlar “O‘zbek adabiyoti bilimdoni” va “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlari bo‘yicha kuch sinashdi.
Hakamlar hay’ati va malakali mutaxassislar tomonidan baholab borilgan tanlov natijalariga ko‘ra, Paxtachi tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqova g‘olib deb topildi va Prezident sovg‘asi – Spark avtomobilini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)