Buxoro viloyatining G‘ijduvon shahrida yashovchi X.Z.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Ofat oqibatida uyning 150 kvadrat metr maydonida tom qismi va yo‘lakda turgan Lacetti rusumli avtomashina yonib zarar ko‘rgan.
Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)