O‘tgan yilga nisbatan 2,4 marta ko‘p imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu haqida Prezident O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan tabrigida aytib o‘tdi, deb yozadi O‘zA. Turli sohalarda bo‘lgani kabi agrar tarmoqda ham dasturlar, “yo‘l xarita”lari tayyorlanib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Jumladan, dehqon va fermerlar, dala ishchilari mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish maqsadida davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan paxta va g‘allani moliyalashtirish tartibi o‘zgartirildi.
Xususan, fermerlar o‘z mablag‘larini mustaqil sarflash huquqiga ega bo‘ldi. Bu yilgi mavsumda g‘alla yetishtiradigan fermerlarga 1 trillion 33 milliard so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 142 foiz, paxtachilik xo‘jaliklariga esa 5 trillion 138 milliard so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,4 marta ko‘p imtiyozli kreditlar ajratilgani soha rivojiga yuksak e’tibor namunasidir.
Sohaga agroklaster tizimi joriy etilmoqda. Avvallari biz e’tibor qilmagan zamonaviy issiqxonalar, baliqchilik, asalarichilik, qizilmiya, za’faron yetishtirish kabi yo‘nalishlar ommalashmoqda. Bu esa sohaga xorijiy investorlarni jalb qilishda istiqbolli tarmoqqa aylanmoqda.
Izoh (0)