Boliviyada ikki mikroavtobus ishtirokidagi YTHda 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
El Deber nashriga ko‘ra, avariyada yana 10 kishi jarohat olgan.
Mikroavtobuslar poytaxt La-Pas va Achakachi shahri o‘rtasidagi trassada to‘qnash kelgan.
Hozirda politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)