Parijda noyabrdan beri davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari avvaliga benzin narxi oshishiga qarshi qaratilgan edi (va namoyishchilar bu masalada o‘z maqsadiga yetdi — narxlar oshmaydigan bo‘ldi), biroq keyinchalik bu Fransiya hukumati va prezidenti Emmanyuel Makronga qarshi harakatga aylanib ketdi.
8-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi aksiya ham politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan, 600 ga yaqin odamni qo‘lga olgan. Qo‘lga olingan kamida 34 kishining yonidan “niqoblar, bolg‘alar, rogatkalar va toshlar” topilgan.
https://twitter.com/BBCWorld/status/1071344033102852098
Parijdagi namoyishlar arafasida metro stansiyalari, do‘konlar va muzeylar yopilgan edi. Shahar aholisiga zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan.
Izoh (0)