Xalq deputati Oleg Barna o‘zining “Svoboda” partiyasidan bo‘lgan hamkasbi Yuriy Levchenko bilan Parlamentning Rada telekanali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirida mushtlashib ketdi. Bu haqda “NewsOne” xabar berdi.
Deputatlar o‘rtasidagi kelishmovchilik harbiy holat muhokamasi vaqtida yuz bergan. Levchenko Barnani oligarxiyaning xizmatkori deb atagan.“Barna o‘z darajasini ko‘rsatgan — u ‘mast holda o‘zini Kiyevdagi tramvayga uradigan odam’ ”, — deydi “Svoboda” vakili.
“Bunga javoban Barna Levchenkoning yuziga musht tushirdi va yerga qulatdi”,— deyiladi xabarda.
Kanal direktori Vladimir Lyoxaning so‘zlariga ko‘ra, bu 20 yil ichidagi ilk mushtlashuv sanaladi.
Izoh (0)