O‘rta va yaqin uzoqlikdagi Amerika raketalarining o‘rnatilishi “Kichik va o‘rta uzoqlikdagi raketalarni tugatish to‘g‘risida”gi shartnomadan chiqishni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, Amerika bazalarini Polsha va boshqa sharqiy Yevropa mamlakatlarida joylashtirilishi, ushbu hududlarni harbiy plasdarmga aylantiradi hamda ushbu davlatlar aholisiga xavf tug‘diradi. Bu haqda harbiy ekspert Vladislav Shurigin “Izvestiya”ga xabar berdi.
“Ulardan istalgani potensial yadro sahrosiga aylanadi”, — deydi u.“O‘zida bunday raketa o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yadigan har qanday sharqiy Yevropa davlati o‘zini dunyo kartasidan o‘chiradi. Amerika harbiylarini taklif qilayotgan siyosatchilar o‘z aholisini atom yomg‘iri ostida qoldiradi. Bunday vaziyatda ushbu mamlakatlarning tinch aholisi hatto garovdagi inson ham emas. Bu otishmada qolib ketayotgan garovdagilardir”, — deb hisoblaydi ekspert.
Ayni damda Kaliningrad viloyati chegarasidan hisoblaganda “urush yo‘lagi”ning chuqurligi 500 kilometrni tashkil qiladi, bu holatda pribaltiyaliklar garovdagilar sanaladi, sababi ular ikki qadam oldinga fikrlash qobiliyatiga ega emas.
Amerikaliklarda Yevropa hisobiga global vazifalarini yechib olish, masalan uning hududidan o‘rta va kichik yaqinlikdagi raketalar bilan yadro zarbasini amalga oshirish ishtiyoqi saqlanib qoladi.
Oktabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani “Kichik va o‘rta uzoqlikdagi raketalarni tugatish to‘g‘risida”gi shartnoma shartlarini buzganiga tayanib, ushbu shartnomadan chiqishini ma’lum qilgan.“Kichik va o‘rta uzoqlikdagi raketalarni tugatish to‘g‘risida”gi shartnoma Sovet Ittifoqi va AQSh o‘rtasida 1987-yilda tuzilgan. Mazkur kelishuv ishtirokchilarga ballistik va qanotli raketalarni ishlab chiqarish, sinash va uchirishni taqiqlanadi.
Izoh (0)