Sankt-Peterburgning Kolpinskiy tuman sudi o‘zbekistonlik yetti nafar ishchi halok bo‘lgan angarni ijaraga olgan Yuliya Zabunovani ikki yillik hibsga mahkum etdi, deb yozadi Sputnik.
Sud Zabunovani Rossiya Jinoyat kodeksining 219-moddasi 3-qismida ko‘zda tutilgan jinoyatda aybdor deb topdi.
“Zabunova aybiga iqror bo‘lmadi, sudga faqat “ba’zi ma’naviy mas’uliyat”ni anglab yetganini ma’lum qildi. Sud muayyan lavozimlarni egallash huquqidan 2 yil muddatga mahrum qilgan holda, umumiy rejimdagi axloq tuzatish koliniyasida 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi”, — sud xabarida.
Ta’kidlanishicha, Yuliya Zabunova noqonuniy ishchilarning yong‘inga qarshi zarur ko‘rsatmalar olishini ta’minlamagan.
Angardagi yong‘in 2017-yil 13-iyul kuni kechasi yuz bergan. Vayronalarni tekshirish chog‘ida yetti kishining jasadi topilgan.
Izoh (0)