2018-yil 1-dekabr kuni MIB Shayxontohur tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Shayxontohur tumanidagi Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti bosh energetigi I.N. ushbu institutning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha 399.170.112 so‘m yetkazilgan zararni kamaytirib ko‘rsatish hamda mazkur to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslikni maqsad qilgan.
Shundan so‘ng I.N. MIB tuman bo‘limi surishtiruvchisiga 2000 AQSh dollarni pora tariqasida berishini ma’lum qilib, shundan 450.000 so‘mni berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)