• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganda obuna o‘tgan yilga nisbatan 90 foizga tushib ketdi

    Namanganda obuna o‘tgan yilga nisbatan 90 foizga tushib ketdi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    “O‘zbekiston pochtasi” AJ Namangan filiali obuna bo‘limi boshlig‘i Bahrom Boydadayevning aytishicha, gazeta-jurnallarga obuna ko‘rsatkichi o‘tgan yilgi holatning o‘rtacha 10 foizini tashkil etmoqda. Joriy yilning 25-noyabr holatiga ko‘ra, markaziy nashrlarga 3 916, mahalliy nashrlarga esa 6 194 nusxa obuna bo‘lindi.

    Bu o‘tgan yilning shu kundagi holati bilan taqqoslaganda, mos ravishda markaziy nashrlarda 32 855 dona (11,9 foiz) va viloyat nashrlariga 64 853 dona (9,6 foiz)ni tashkil etgan.

    “O‘zbekiston pochtasi” AJ Namangan filiali boshlig‘i Ilhomjon To‘xtaboyev buni asosan majburiy obuna ko‘rinishlariga barham berilayotgani bilan izohlamoqda. Lekin masalaning boshqa jihatlari ham bor. Pochtaning og‘ir iqtisodiy ahvoli va tahririyatlarga obuna mablag‘ini vaqtida berolmayotgani sababli obunani o‘z kuchi bilan uyushtirayotgan tahririyatlar ham kam emas.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    “Yil boshida tirajimiz 5 336 dona bo‘lgan edi, shundan deyarli 4 mingtasini o‘zimiz harakat qilib obuna bo‘lishni amalga oshirdik, — deydi To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi gazetasi muharriri Zohida Kenjayeva. — Shunda ham tuman nashrlari orasida pochtadan eng ko‘p haqdor gazeta muharriri bo‘lsam kerak. Hozirda salkam 40 million so‘m pulimiz shu tashkilotda “cho‘kib” yotibdi. Bu o‘z-o‘zidan xodimlarga maosh to‘lash, bosmaxona bilan hisob-kitob qilish va boshqa jarayonlarga ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi”.

    Zohida Kenjayevaning so‘zlariga ko‘ra, pochta hisobida turgan pul mablag‘ini ololmayotgani sabab obuna mavsumi oldidan pochtaga “Gazetamga obuna uyushtirmanglar, kerak emas” deb rasman xat ham yuborgan. Ikki yilcha avval “Matbuot tarqatuvchi” bilan ham shunday muammolar yuzaga kelavergani uchun aloqani to‘xtatgan. Pochta tomoni uning xatiga munosabat ham bildirmagan. Hozirda tahririyat o‘z kuchi bilan tashkil etgan obuna 1000 donaga ham yetmadi.

    “O‘zbekiston pochtasi” AJ Namangan filiali bosh hisobchisi O‘rmonjon Egamov tashkilotning bugungi kunda mahalliy nashrlardan 600 million so‘mga yaqin qarzdorligini bildirdi: “Bu qarzdorlik yangi yilga qolmay bartaraf etiladi. Buni hisob-kitobini qilganmiz. Tahririyatlarni qiynab qo‘yganimizdan o‘zimiz ham xijolatdamiz”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    “O‘zbekiston pochtasi” AJ Namangan filiali boshlig‘i Ilhomjon To‘xtaboyevning aytishicha, filialdagi muammolarning bir uchi sohada moliyaviy barqarorlikni ta’minlab kelgan pensiya tarqatish hozirda Xalq bankiga berilgani bo‘lsa, yana biri ichki tekshiruvlar davomida aniqlangan qariyb 3 milliard so‘m atrofidagi kamomadning ta’siri bo‘lmoqda. Hozirda bu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    “Pensiya tarqatish qo‘limizdan chiqib ketdi deb qo‘l qovushtirib o‘tirganimiz yo‘q. Kommunal to‘lovlar bo‘yicha elektr, gaz, suv korxonalari bilan shartnomalar tuzganmiz, qolaversa, pochta, pul jo‘natmalari bor. Obuna bo‘yicha ham o‘zimiz xizmatlarimizni taklif qilib, banner, bukletlar tayyorladik, — deydi Ilhomjon To‘xtaboyev. — Tahririyatlar bilan yuzaga kelgan muammolar 2019 yilda takrorlanmaydi. Filialimizning 181 ta bo‘linmasi gazeta-jurnallarni o‘z vaqtida egalariga yetkazishga tayyor. Nashrlarga obuna dekabr oyida jonlanib qoladi, degan umiddaman”.

    Namangan shahar hokimligining “Namangan sadosi” gazetasi muharriri Komiljon Fayziyev ham shundan umidvor. Hozircha nashrga 500 dona atrofida obuna to‘plangan:

    “Rejamiz bu ko‘rsatkichni hech bo‘lmasa 5 ming donaga chiqarish, shunda gazeta yil oxirigacha muammolarsiz chop etilishi mumkin. Aslida bu raqam aholisi 500 ming kishidan oshadigan viloyat markazi uchun kam. Oldinlari ham farmoyish yoki taqsimotlarga tayanib qolmay, xodimlar bilan harakat qilganmiz, korxona-tashkilotlarga chiqqanmiz. Bu yil ham shunday bo‘lyapti”.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Namangandagi 50 dan ortiq nashrning oxirgi umidi mahalliy pochtada yil yakunida moliyaviy holatning o‘nglanishi, qolaversa, dekabrda obunaning jonlanishi bo‘lib turibdi.

    03.12.2018, 20:11   Izoh (0)   13975
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuror buyrug’iga binoan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish elektron yuritiladi

    03.12.2018, 19:57

    Hajga navbatda turgan o‘zbekistonlik qamoqdan chiqqan yigitning o‘qishiga 22 mln so‘m ajratdi

    03.12.2018, 19:12

    Toshkentda MIB xodimiga pora taklif qilgan shaxslar ushlandi

    03.12.2018, 19:01

    Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi

    03.12.2018, 18:55

    Foto: Farg‘onada bog‘cha binosining bir qismi qulab tushdi. Oradan 3 kun o‘tsa-da, mutasaddilar bu holatga e’tibor bermayapti

    03.12.2018, 18:30

    O‘zbekistonda 11 oy mobaynida yong‘indan 81,3 mlrd so‘m zarar ko‘rildi

    03.12.2018, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.