AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod dekabrda bir necha mamlakat, xususan O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
U Afg‘onistonda tinchlik jarayonini o‘rnatish va unga “Tolibon” terrorchilik harakatini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib boradi.Zalmay Halilzod 2—21-dekabr kunlari idoralararo delegatsiya bilan Pokiston, Afg‘oniston, Rossiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Belgiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga tashrif buyuradi.29-noyabr kuni Jenevada Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiyada Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani hukumat “Talibon” bilan muzokaralarga tayyor ekanligi va buning uchun jamoa tuzganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)