Ukraina Qizil kitobiga o‘tgan yili kiritilgan Yevropa losi populyatsiyasi uch ming boshdan ko‘proqni tashkil qilgan. Sud hayvonni Qizil kitobga kiritish haqidagi qarorni bekor qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ukraina ekologiya va tabiiy resurslar vaziri tomonidan ta’kidlanishicha, mazkur hayvonlarning soni besh yil avvalgiga qaraganda bir necha marta kamaygan.
Vazirlik Kiyev okrug ma’muriy sudining qarori ustidan shikoyat qiladi. Mazkur sud organi losning Ukraina Qizil kitobiga kirtilishi va uning oviga taqiq qo‘yilishini haqiqiy emas deb topgan.
Izoh (0)