AQSh va Saudiya Arabistoni Ar-Riyodga 15 milliard dollarlik THAAD raketaga qarshi tizimini yetkazib berish haqida hukumatlararo bitim imzoladi. Bu haqda Reuters davlat departamenti vakiliga tayanib xabar bermoqda, deb yozadi “Vedomosti”.
Saudiya hukumati tomonidan imzolangan hujjatlar qirollikka Lockheed Martin korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 44 ta start qurilmalari, 360 ta raketa tutib qoluvchilar, 16 ta boshqaruv punkti va yettita radarni yetkazib berish shartlarini belgilaydi.
Kelishuvga oldi-sotdining AQSh tomonidan, xususan, davlat rahbarlari darajasida, tajovuzkorlik bilan lobbilanishi fonida erishilgan.
Izoh (0)