O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokiston bilan uch tomonlama to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo komissiyasi ishini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Siddiqov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.
Uch tomonlama savdo komissiyasi faoliyati savdo-sotiq, logistika va investitsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston ushbu davlatlar yo‘nalishida temir yo‘l liniyasini Mozori Sharifgacha uzaytirgan. Endi bu liniya Dyuran bo‘ylab Torxem chegarasigacha davom ettiriladi. Shu orqali Pokiston bilan savdo qilish osonlashadi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Toshkent—Islomobod va Toshkent—Karachi yo‘nalishlarida aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Hozirda Toshkentdan Laxorga reys qo‘yilgan.
Izoh (0)