• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zA: Sharof Rashidovning o‘limi kimga kerak bo‘lgandi?

    Sharof Rashidov kunduzi Xorazmda yuzlab odamlar bilan muloqotda bo‘lib, kechqurun Nukusda to‘satdan vafot etishi shubhali. Uning o‘limi XX asr sirlaridan biri bo‘lsa kerak. O‘zA Anvar Tojiyevning bu bilan bog‘liq xotiralarini e’lon qildi.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    1982-yili sho‘rolar davlatining rahbari Leonid Brejnev 76 yoshda vafot etdi. Uning atrofidagi munkillab qolgan safdoshlari ham birin-ketin o‘tdi. Hokimiyatni qo‘lga olgan davlat xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Andropov boshqaruv apparatini tezlik bilan tozalab, atrofiga o‘ziga sadoqatli sobiq chekistlar (Aliyev, Shevardnadze)ni to‘play boshladi. Uzoq yillar mamlakat boshqaruvida ishtirok etib kelgan Krilenko, Romanov, Kunayev, Sherbiskiy va boshqalar lavozimdan chetlashtirildi. Navbat Sharof Rashidovga yetib qolgan edi.

    O‘zbekiston jiddiy taraqqiy etgan respublika bo‘lib, yalpi mahsulot ishlab chiqarish va eksportga mol chiqarishdan tushadigan daromad bo‘yicha sho‘rolar tizimida 2-o‘rinda (Rossiyadan keyin) edi. O‘zbekiston paxta yetishtirishda dunyoda 2-o‘ringa chiqib olgandi.

    Ayni vaqtda respublikamiz aholi boshiga o‘rtacha daromad va boshqa muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar ichida 11-14-o‘rinlarni egallardi. Boltiqbo‘yi respublikalarining umum ittifoqqa qo‘shadigan hissasi arzimas bo‘lsa ham, ularda aholining hayot darajasi Yevropa mamlakatlari darajasida edi. Buni yuqori mansabdagi barcha davlat rahbarlari yaxshi bilardi. Toshkentda metro qurilishi Sharof Rashidovning shaxsan harakati tufayli amalga oshirilganini kim bilmaydi? Moskvadagi amaldorlar respublika mablag‘i hisobiga qurilgan San’at saroyini “O‘zbekistonda bunaqa bino ellik yildan keyin qurilishi kerak edi” degan edilar. Vaholanki, bunday hashamatli inshootlar markaz ajratgan mablag‘ hisobiga bunyod etilardi.

    Moskvaning Markaziy Osiyo respublikalarida aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan birorta hukumat qarori yoki tadbiri bo‘lganini hech kim eslolmaydi. Ammo, bu yerlarda (hamma yerdagi kabi) yuz bergan salbiy holatlar (dang‘illama to‘ylar, poraxo‘rlik va jinoyatchilik) o‘sha davrning old nashrlari “Pravda”, “Sovetskaya kultura”, “Trud” gazetalarining shov-shuvli maqolasiga aylanardi.

    Respublikaga qarshi xuruj, birinchi navbatda, Sharof Rashidovga qarshi qaratilgan edi. Chunki bu odamning mamlakatda va xorijdagi mavqei juda baland edi. Sharof Rashidovga qarshi hujum uchun sabab qidirilar edi.

    O‘zbekistondan chiqqan bir guruh “vatanparvarlar” paxta terimi qizg‘in ketayotgan bir paytda to‘satdan “qo‘shib yozish”, “paxtani momiq holiga keltirib, davlatga topshirish” kabi g‘oyalar bilan markaziy gazetalarda (“Pravda”) maqolalar e’lon qildi.

    Sharof Rashidov maqolani o‘qib, ancha xafa bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda u kishi: “Avval paxtani terib olish kerak-ku! Ertaga yog‘ingarchilik boshlansa, unda nima qilish mumkin? Avval hamma kuchni hosilni to‘la yig‘ib olishga qaratish kerak. Paxtani qayta ishlash ishlari kelgusi yil may-iyun oyigacha davom etishi mumkin. Ba’zi odamlar biroz shoshilib qolgan ko‘rinadi. Vaqti-soati bilan davlatga momiq topshiradigan vaqt keladi. Hozir hosilni yig‘ib olishimiz kerak!” degan edi.

    Bu gap 30-oktyabr kuni, Xorazmdan Qoraqalpog‘istonga borar yo‘l ustida, jurnalistlar bilan suhbat vaqtida bo‘lgan edi. Taqozoni qarangki, Sharof Rashidov shu iboralarni aytganlaridan 5-6 soat keyin vafot etganlar.

    U kishining vafoti bilan bog‘liq bir necha holatni yodga olaylik.

    29-oktabr kuni sobiq SSSR hukumati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Aliyev boshchiligidagi delegatsiya Vyetnamga ketayotib, Toshkentda to‘xtadi. O‘sha paytda Xorazmda paxta terimini tashkil etish bilan mashg‘ul bo‘lgan Sharof Rashidov Toshkentga yetib kelib, delegatsiyani kutib oldi. Delegatsiya O‘zbekistonda bir kecha dam olib, 30-oktyabr kuni Vyetnamga uchib ketdi.

    30-oktabr kuni erta tongda Sharof Rashidov G.Aliyevni kuzatib, ish o‘rnida, Markazqo‘mda Finlandiya delegatsiyasi bilan suhbat qildi.

    Suhbat tugagach, Sharof Rashidov hovliga chiqdi, yakshanba kuni edi o‘shanda. Markazqo‘mda hech kim yo‘q, fin delegatsiyasi bilan band kishilargina bor edi. U kishi yig‘ilganlarga: “Hozir Xorazmga uchaman. Bugun soat 12 da Urganchda viloyat paxta topshirish rejasini birinchi bo‘lib bajarganiga bag‘ishlangan miting bo‘ladi. Xorazmliklar katta qo‘shimcha majburiyat olmoqchi. Mitingdan so‘ng, Qoraqalpog‘istonga o‘taman. U yerda terim sur’ati biroz past. Bir necha kun u yerda bo‘lishga to‘g‘ri keladi” deganlari hamon xotiramda.

    Sharof Rashidov hamma bilan xayrlashib, mashinaga o‘tirib, aeroportga jo‘nab ketdi. O‘shanda bu so‘zlar bu insonning so‘nggi so‘zlari ekanini hech kim xayoliga ham keltirmagan edi.

    Sharof Rashidov Urganchda bo‘lgan mitingda ishtirok etib, xorazmlik paxtakorlarni katta mehnat g‘alabasi bilan qutlagan. Keyin O‘zbekiston bo‘ylab safar qilayotgan Kuba elchisi bilan suhbat qilgan. Kunning ikkinchi yarmida esa Nukus tomon jo‘nab ketgan. Aytishlaricha, u yerda kechga yaqin Sharof Rashidovning mazasi bo‘lmagan. Toshkentdan, Moskvadan chaqirilgan shifokorlar u kishini asrab qololmagan.

    1-noyabr kuni erta tongda Sharof Rashidovning bevaqt vafot etgani haqida dastlabki xabar paydo bo‘ldi. Xorazmda yuzlab xalq va jurnalistlar bilan muloqotda bo‘lib, kechqurun Nukusda to‘satdan vafot etishining o‘zi shubhali. Yuqori malakali shifokorlarni yakshanba kuni yarim kechada Moskva va Toshkentdan topib, Nukusga yetkazib kelishning o‘zi bo‘ladimi?

    Sharof Rashidovdan sal avval Belarus rahbari, urush va mehnat qahramoni, belorus xalqining suyukli farzandi Masherov ham Minskdan uzoqda (Brest yo‘lida) to‘satdan avtohalokat oqibatida halok bo‘lgandi...

    29.11.2018, 16:01   Izoh (0)   328240
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin va Tramp yakkama-yakka qancha vaqt muloqot qilishi ma’lum bo‘ldi

    29.11.2018, 15:52

    “O‘zbekneftgaz” metan gaz tanqisligiga barham berish uchun noyabr oyida qo‘shimcha 40 mln m3 gaz ajratdi

    29.11.2018, 15:28

    “O‘zbekneftgaz”: “O‘ztransgaz” rahbarining ishdan olinishi metan gaz narxi oshgani bilan bog‘liq emas

    29.11.2018, 14:35

    O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar 3 yilgacha muddatga rasmiylashtiriladi

    29.11.2018, 14:28

    Izoh: O‘zbekistonda oltin izlovchilar uchun yetarlicha hududlar mavjud

    29.11.2018, 14:21

    “O‘zbekneftgaz” gaz yetkazib berishdagi muammolar sabab IESlar to‘liq quvvatda ishlamayotganiga izoh berdi

    29.11.2018, 14:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi boshiga sement to‘ldirilgan chelak tashlab yuborildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 17:08

    Rossiyada 15 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilgan o‘zbekistonlik ushlandi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 16:57

    Indoneziyada 3 nafar britaniyalik o‘limga hukm qilinishi mumkin

    Dunyo | 3 iyun, 16:52

    Toshkentda cho‘kayotgan qizni qutqarib, halok bo‘lgan fuqaro “Jasorat” medali bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 16:47

    Mark Sukerberg rafiqasi uchun noyob avtomobil buyurtma qildi

    Layfstayl | 3 iyun, 16:43

    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

    Reklama | 3 iyun, 15:00

    Nega muzlatkichga magnitlar yopishtirish mumkin emas?

    Layfstayl | 3 iyun, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.