A’zam Abdullayev hukumat qarori bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
U mazkur lavozimda qayta ishlash, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Izoh (0)