27-noyabr kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida YHXBning 2-sonli tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyat IIB rahbariyatining tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘linma fuqarolarning avtomototransport vositalari uchun davlat raqami belgilarini olish, haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon topshirish va transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarida yuzaga kelayotgan noqulayliklar, xususan tirbandlik va olis masofalarga borib-kelish muammolarini bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.
Fuqarolar uchun barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan ushbu ma’muriy bino so‘nggi rusumdagi orgtexnika vositalari bilan jihozlangan.
Mazkur bo‘linma xizmatidan Xorazm viloyatining Shovot, Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlari fuqarolari foydalanishlari mumkin.
Izoh (0)