Rossiya prezidenti yordamchisi Andrey “Belousovning ro‘yxati”dan o‘rin olgan rossiyalik biznesmenlar, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo kompaniyalari egalari davlat infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga 7,3 trillion rubl kiritishga tayyor, deb yozadi “RBK”.
Tegishli kelishuvga moliya vazirligida 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda erishilgan. Alisher Usmonovning “Metalloinvest”i, Vladimir Potaninning “Norilskiy Nikel”i, Said Kerimovning “Polyus”i va boshqa qator kompaniyalar rahbarlari va egalari mansabdorlarga infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi.
Ro‘yxatdan jami 143 ta investitsiya loyihasi o‘rin olgan bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun davlatga 7,3 trillion rubl talab etiladi. Moliyalashtirishni 21 ta yirik kompaniya o‘z bo‘yniga oldi. Xususan, “Norilskiy nikel” jami qiymati 749,4 milliard rublga teng 12 ta loyihani, “Metalloinvest” — 541,5 milliard rubllik 17 ta, “Polyus” — 507 milliard rubllik 7 ta loyihani o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)