Ko‘l va daryolarga tashalanayotgan plastik chiqindilar butun dunyoda hajmi yildan-yilga ortib borayotgan muammo, deb yozadi TJournal.
Ushbu muammo bilan turli usullarda kurashishga urinishmoqda. Ayrim hollarda ushbu usullarning eng oddiylari samara bermoqda.
2018-yilning yozida jahon OAVlari Avstraliyaning Kuinana shahriga e’tibor qaratdi. Bu yerda kanalizatsiya trubalariga chiqindini ushlab qoluvchi drenaj tarmoqlari ulangan.
Ushbu tarmoqlarni ishlab chiqarish va o‘rnatish shahar ma’muriyatiga taxminan 20 ming dollarga tushdi.
Tarmoqlarni qo‘riqxona va aholi yashash punktlari o‘rtasiga o‘rnatishgan. Ular to‘lganida kran yordamida ichidagi chiqindi bo‘shatiladi.
Izoh (0)